Bugun Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan «Muruvvat» bolalar uyida o‘zgacha shukuh, o‘zgacha hayajon hukm surdi. Bayram tantanalari uchun bezatilgan sahna atrofida rang-barang sharlar, xilpiradi. «Neftchi» —faxrimiz, «Yangi mavsum —yangi g‘alabalar!»,- degan shiorlar qalblarga jo‘shqinlik baxsh etdi. Sahna markazida zamonaviy ovoz kuchaytirgichlar orqali
karnaylardan jaranglayotgan tantanavor kuy yuraklarni tezroq urishga daʼvat etib, ko‘zlarda esa porloq umid uchqunlarini yoqdi. Bugun hammamiz uchun unutilmas kun bo‘ldi. Yangi mavsum arafasida jamoamiz safiga qo‘shilgan yangi yulduzlar tantanali ravishda kutib olindi. Bu nafaqat tanishtiruv marosimi, balki — bu ishonch, bu orzu, bu g‘alabaga tashlangan dadil qadamdir! Tadbir
avvalida sahnaga yangi mavsum umidlari —»Neftchi»ning yangi qahramonlari chiqib kelishdi. Shundan so‘ng jamoamiz vakillari tomonidan maydonda haqiqiy mahorat darsi, yaʼni unutilmas» master-klass» namoyish etildi. To‘p harakati, nozik fintlar, aniqlik va tezlik — bularning barchasi bolajonlar qalbida orzu uchqunini yoqdi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Master-klass namoyishidan so‘ng maydonda to‘plangan barcha futbolchi va bolajonlar bir ovozdan — «Mehr bilan kuchlimiz!» va «Biz birgalikda kuchmiz!» shiorini baland va faxr bilan jaranglatishdi. «Muruvvat» bolalar uyida quvonch va hayajonlarga boy o‘tgan bugungi shodiyona tadbirlari
samimiy uchrashuv, mehr, birlik va ishonch ramziga aylandi. Nogironli bolalar uyidagi tadbirdan so‘ng «Neftchi» jamoasi aʼzolari va rasmiy shaxslar Farg‘ona shahrida joylashgan «Sahovat» markaziga yo‘l oldilar. «Sahovat» uyida jamoamiz vakillari, rasmiylar va nuroniylar ishtirokida qurbonlik marosimi
o‘tkazildi va duo-fotiha o‘qildi. Shundan so‘ng futbolchi va murabbiylarimiz tomonidan tayyorlab qo‘yilgan shirinlik va oziq ovqat maxsulotlari sahovat markazi ishtirokchilarining xonalariga kirib tarqatildi. «Sahovat» uyidagi tadbir yakunida nuroniylar bilan esdalik uchun jamoaviy suratga tushgan jamoamiz vakillari iftorlik dasturxonida ishtirok etishdi. Yangi
mavsumda xayrli ishlarga qo‘l urgan sevimli «Neftchi» jamoamiz— O‘zbekiston chempionlariga ulkan zafarlar, muxlislarimizga esa cheksiz quvonch tilaymiz! Jamoamizga qo‘shilgan yangi futbolchilarga liboslar tantanali tarzda topshirildi. Yangi mavsumda jamoamizning yangi
a’zolari quyidagi raqamlarda harakat qilishadi: 16 — Ibrohim Shokirov 2 — Izzatillo Po‘latov 44 — Mo‘minxon Bahodirxonov 9 — Xurshid G‘iyosov 77 — Ratinho 14 — Daler Tuxsanov 30 — Rustam Fomin 11 — Asilbek Jumayev 18 — Perica Stipe Bolajonlar qo‘lidan olingan har bir libos – bu shunchaki futbolka emas, bu ishonch, duo va katta
mas’uliyatdir. Mehr bilan kuchlimiz! Yangi mavsum — yangi tarix! Olg‘a «Neftchi»
Сообщает fcneftchi.uz
Опубликовано: 20:48, 25.02.2026
Новость из рубрики: Авто
Поделиться новостью:
20:48, 25 Фев BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN «NEFTCHI» JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI Seminarda tajribali mutaxassislar Sulton Zaylobiddinov, Shohruh Aʼzamov va Olimjon To‘ychiboyevlar yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin j...
20:48, 25 Фев JAMOAMIZNING YANGI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI DAVOM ETMOQDA Jamoamiz yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 3 yanvardan 17 fevralgacha Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘...
21:23, 25 Фев Buxoro – xalqaro muloqot markaziga aylanmoqda: AQSh va Isroil elchilari bilan uchrashuvlar, nufuzli konferensiya va yangi kelishuvlar Buxoro viloyati so‘nggi kunlarda xalqaro diplomatik muloqot va ilmiy hamkorlik markaziga aylandi. Viloyat hokimi Botir Zaripov AQShning Oʻzbekistonda...