JAMOAMIZNING YANGI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI DAVOM ETMOQDA

Jamoamiz yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida 3 yanvardan 17 fevralgacha Turkiyaning Antalya shahrida o‘quv mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazib, 18 fevralda Toshkentga qaytib keldi. Endi yangi mavsumga tayyorgarlik ishlarini bugundan boshlab Farg‘onada davom ettiradi. Turkiyadagi yig‘inlar qanday o‘tganligi va bu yig‘inlarda rahbariyat tomonidan olib borilgan ishlar


haqida jamoa bosh murabbiyi Islombek Ismoilovga qator savollar bilan murojaat etdik. Quyida ana shu savol javoblar bilan tanishasiz. — Turkiyaning Antalya shahrida yakuniga yetgan o‘quv mashg‘ulot yig‘inlari bo‘yicha gapirib bersangiz — Turkiyadagi


yig‘inlar juda foydali o‘tdi. Asosiy maqsad, jamoani yangi mavsumga jismonan va taktik jihatdan tayyorlash edi. Barcha rejalashtirilgan mashg‘ulotlar to‘liq bajarildi. Iqlim va sharoit ham bizni qoniqtirdi. Eng muhimi, futbolchilar yig‘in davomida faqat ishga e’tibor qaratishdi, intizom va xohish yuqori darajada bo‘ldi. —Futbolchilarning jismoniy holati va tayyorgarligi bo‘yicha rejalar bajarildimi


— Ha, rejalar deyarli to‘liq bajarildi. Yig‘inlar boshida belgilangan yuklamalar bosqichma-bosqich oshirildi. Keyin esa o‘yin ritmiga moslashtirildi. Hozir jamoa kerakli funksional holatga yaqinlashdi. Endi asosiy vazifa mavsum davomida shu holatni saqlab qolish. — Yig‘inlar doirasida bir nechta o‘rtoqlik-nazorat uchrashuvlari o‘tkazildi. Ushbu o‘yinlar


orqali asosiy tarkibga nomzodlar aniqlab olindimi — Nazorat o‘yinlari biz uchun muhim kamchiliklarimizni ochib berdi. Ayrim pozisiyalarda raqobat kuchaydi. Ayrim futbolchilar o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsatdi. Asosiy tarkibning 80-90 foizi shakllandi, qolgan pozisiyalar bo‘yicha esa hali raqobat davom


etadi. — Jamoa yangi taktik ko‘rsatmalarni qay darajada o‘zlashtirdi — Albatta, bir yig‘inda barchasini mukammal o‘zlashtirib bo‘lmaydi. Lekin futbolchilar g‘oyani tushunib yetdi, bu eng muhimi. Hujumdan himoyaga va himoyadan hujumga o‘tish tezligi ancha yaxshilandi. Endi rasmiy o‘yinlar orqali buni yanada mustahkamlaymiz. — Birinchi tur oldidan rejalar qanday — Birinchi turga maksimal tayyor holatda kirishni maqsad qilganmiz. Asosiy e’tibor


o‘yin intizomi va xatolarni kamaytirish. Bizning vazifa natija bilan birga barqaror va hujumkor o‘yinni namoyish etish. — Jamoa ichidagi muhit haqida — Muhit yaxshi. Yoshlar va tajribali futbolchilar o‘rtasida muvozanat bor. Bir-birini qo‘llab-quvvatlash kuchaygan, raqobat esa sog‘lom. Bu esa jamoa rivojlanishi uchun eng muhim


omillardan biri. — Umumiy qilib aytganda, Turkiyadagi yig‘inlardan ko‘nglingiz to‘ldimi — Ha, umumiy hisobda yig‘indan qoniqdik. Albatta, hal qilinishi kerak bo‘lgan jihatlar bor, lekin bu tabiiy jarayon. Eng muhimi, jamoa yangi g‘oyalarni tushundi va mavsumni boshlashga tayyor holatga keldi.


«Neftchi» PFK matbuot xizmati


JAMOAMIZNING YANGI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI DAVOM ETMOQDA

Сообщает fcneftchi.uz

 

Опубликовано: 20:48, 25.02.2026

 

Новость из рубрики: Авто

 

Поделиться новостью: Поделиться новостью в Facebook Поделиться новостью в Twittere Поделиться новостью в VK Поделиться новостью в Pinterest Поделиться новостью в Reddit

 
 

Nega migrantlar Rossiyani ommaviy ravishda tark etmoqda 21:26, 25 Фев Nega migrantlar Rossiyani ommaviy ravishda tark etmoqda? Qo‘shni davlatlardan kelgan “dvornik”lar va qurilishdagi ishchilarining tanish qiyofasi asta-sekin o‘tmishga aylanib bormoqda. Yillar davomida migran...

NEFTCHI PFK YANGI AʼZOLARINING TANISHTIRUV MAROSIMI OTKAZILDI 20:48, 25 Фев «NEFTCHI» PFK YANGI AʼZOLARINING TANISHTIRUV MAROSIMI O‘TKAZILDI Bugun Farg‘ona shahridagi nogironligi bo‘lgan «Muruvvat» bolalar uyida o‘zgacha shukuh, o‘zgacha hayajon hukm surdi. Bayram tantanalari uchun bezatil...

BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN NEFTCHI JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI 20:48, 25 Фев BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN «NEFTCHI» JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI Seminarda tajribali mutaxassislar Sulton Zaylobiddinov, Shohruh Aʼzamov va Olimjon To‘ychiboyevlar yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin j...

Buxoro  xalqaro muloqot markaziga aylanmoqda: AQSh va Isroil elchilari bilan uchrashuvlar, nufuzli konferensiya va yangi kelishuvlar 21:23, 25 Фев Buxoro – xalqaro muloqot markaziga aylanmoqda: AQSh va Isroil elchilari bilan uchrashuvlar, nufuzli konferensiya va yangi kelishuvlar Buxoro viloyati so‘nggi kunlarda xalqaro diplomatik muloqot va ilmiy hamkorlik markaziga aylandi. Viloyat hokimi Botir Zaripov AQShning Oʻzbekistonda...