Kecha, 24-fevral kuni Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalar orqali 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etdi. Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutlab, yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz juda katta
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch ekanini ta’kidladi. Barcha darajadagi rahbarlar yoshlarni til va kasb-hunarga o‘rgatish, sportga jalb etish, g‘oya, loyiha hamda startaplariga ko‘mak berish, ularni ishli va daromadli qilish bo‘yicha yanada faol ishlashi, birorta yigit-qizni e’tiborsiz qoldirmasligi zarurligi qayd etildi. Uchrashuvida ilgari surilgan muhim tashabbuslar: 1. Har payshanba – vazirlik,
idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘ladi. 2. Yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘shimcha 200 million dollar mablag‘ ajratiladi. 3. O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. 4. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun kredit ajratish miqdori 10 milliard
so‘mgacha ko‘paytiriladi. 5. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investisiya kiritishga ruxsat beriladi. 6. “Kelajak tadbirkori” dasturi doirasida yosh tadbirkorlarga 7 yilga 15 foizli kreditlar ajratiladi. 7. Dastur asosida o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga
garovsiz 20 million so‘mgacha, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha kredit ajratiladi. 8. Faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 2 milliard so‘mgacha, 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi. 9. “Mening birinchi kasbim” dasturi orqali oliygoh bitiruvchilariga stajirovka uchun oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lanadi. 10.
Har bir hududda yoshlarga biznes xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi. 11. “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturida Garvard, Stenford kabi xorijiy oliygohlar hamkorligida 40 ming yosh biznesga o‘qitiladi. 12. Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1000 nafar yoshga 3 yilga 200 million so‘mgacha 7
foizli ssuda ajratiladi. 13. “Yosh tadbirkorlar” tanlovidagi eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun 1 milliard so‘mgacha mablag‘ beriladi. 14. Banklar 50 ming yoshga bepul biznes-reja tayyorlab beradi va 20 ming yoshni tadbirkorlikka o‘qitadi. 15. 1 martdan yangi ish boshlayotgan yoshlarning infratuzilmaga ulanish xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasi tomonidan qoplab beriladi. 16. Samarqand shahrida eng yaxshi loyiha egalari
ishtirokida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohi tashkil qilinadi. 17. “O‘sish va rivojlanish” startap loyihasidagi eng yaxshi 40 ta loyihaga 2 milliard so‘m ajratiladi. 18. Texnikumlarda ham startaplar yaratishga ruxsat etilib, ularga 1 milliard so‘mgacha moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. 19. Texnikum o‘quvchilari uchun “Work and travel” dasturi orqali xorijda ishlash
imkoniyati yaratiladi. 20. ”O‘quv markazlari uyushmasi” tashkil etiladi. Uyushmaga a’zo bo‘lgan o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi. 21. Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi. 22. ”Ko‘mak” loyihasi doirasida
biznesini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. 23. Olis hududlardagi o‘quv markazlari uchun ijtimoiy soliq 1 foiz, daromad solig‘i esa 7,5 foizgacha pasaytiriladi. 24. Yoshlar ishlari agentligi xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda har yili 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitadi. 25. Har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil etiladi. 26.
Yoshlar ishlari agentligi qoshida ”Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi ochilib, unga har yili byudjetdan 62 milliard so‘m ajratiladi. 27. Yoshlarning eng yaxshi volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi. 28. Yosh oilalar uchun uy-joy ipoteka kredit stavkasining 14 foizdan oshgan qismi davlat
byudjetidan qoplab beriladi. 29. ”Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali iste’dodli yozuvchilarga ijod uchun oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi. 30. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot
topshiriladi. 31. Kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi. 32. “Ikkinchi imkon” loyihasi orqali jazoni o‘tab bo‘lgan yoshlar zamonaviy IT-kasblar va xorijiy tillarga bepul o‘qitiladi. Сообщение Prezident: Biznesini kengaytirmoqchi bo‘lganlarga 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi
появились сначала на Buxoroisharif.uz.
Сообщает buxoroisharif.uz
Опубликовано: 21:23, 25.02.2026
Новость из рубрики: Авто
Поделиться новостью:
21:28, 25 Фев Government Allocates Over $2 Million for Caspian Sea Monitoring The Astana Times provides news and information from Kazakhstan and around the world. ASTANA – The government of Kazakhstan has allocated 1.1 billion ...
21:28, 25 Фев “Globbing” LLC’s bonds worth 1.5 billion drams and $2 million have been listed on Armenia Securities Exchange (AMX) YEREVAN, February 24. /ARKA/. The Armenian Securities Exchange (AMX) today welcomed the entry of one of the leading online shopping companies, Globbi...
21:14, 25 Фев Prezident Lənkərana getdi - FOTOLAR Bu gün Lənkəran Dövlət Peşə Təhsil Mərkəzinin açılışı olub. Mecra.az xəbər verir ki, Azərbaycan Prezidenti İlham Əliyev Mərkəzin açılışında iştirak e...
21:03, 25 Фев Prezident və ailəsi sakinlərlə görüşdü - FOTOLAR Azərbaycan Respublikasının Prezidenti İlham Əliyev, birinci xanım Mehriban Əliyeva və qızları Arzu Əliyeva fevralın 25-də Xocavənd şəhərində görülmüş...
21:00, 25 Фев Prezident ailə üzvləri ilə Xocavənd və Xocalıya səfər edib - YENİLƏNİB Azərbaycan Respublikasının Prezidenti İlham Əliyev, birinci xanım Mehriban Əliyeva və qızları Arzu Əliyeva fevralın 25-də Xocavənd rayonunun Xocavənd...
21:02, 25 Фев Prezident Xocavənd şəhərində görülmüş işlərlə tanış oldu, sakinlərlə görüşdü Azərbaycan Respublikasının Prezidenti İlham Əliyev, birinci xanım Mehriban Əliyeva və qızları Arzu Əliyeva fevralın 25-də Xocavənd şəhərində görülmüş...
21:02, 25 Фев Prezident İlham Əliyev Xocavənd kəndində görülmüş işlərlə tanış oldu Azərbaycan Respublikasının Prezidenti İlham Əliyev, birinci xanım Mehriban Əliyeva və qızları Arzu Əliyeva fevralın 25-də Xocavənd rayonunun Xocavənd...
21:02, 25 Фев Prezident İlham Əliyev Xocavənd şəhər və Xocavənd kənd sakinləri ilə görüşdü – FOTOLAR Azərbaycan Respublikasının Prezidenti İlham Əliyev, birinci xanım Mehriban Əliyeva və qızları Arzu Əliyeva fevralın 25-də Xocavənd şəhərində görülmüş...