Toshkent viloyati IIBB ning Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurash boshqarmasi xodimlari xayriya mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinayotgan shaxsni qo‘lga oldi. Aniqlanishicha, jinoyatni sodir etgan shaxs 21 yoshli Buxoro viloyati fuqarosi bo‘lgan. Buxorolik yigit ijtimoiy tarmoqlar orqali firibgarlik qilgan Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u Instagram’da og‘ir xastalik bilan kurashayotgan
bolalar uchun yordam so‘ralgan videolarni yuklab olib, montaj orqali asl bank rekvizitlarini o‘zgartirgan. Natijada saxovatli fuqarolar tomonidan davolanish uchun yuborilgan mablag‘lar gumonlanuvchining onasi nomiga rasmiylashtirilgan bank kartasiga kelib tushgan. Qariyb 2 ming marotaba pul o‘tkazmasi aniqlangan Dastlabki tergov
davomida 2025-yil oktabr oyidan qo‘lga olinguniga qadar ushbu hisob raqamiga qariyb 2 mingta tranzaksiya amalga oshirilgani aniqlangan. O‘zlashtirilgan mablag‘larning umumiy miqdori 161 million so‘mni tashkil etgan. Gumonlanuvchi bu pullarni shaxsiy ehtiyojlariga sarflagan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi — axborot texnologiyalaridan foydalangan holda sodir etilgan firibgarlik — bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari davom etmoqda. Сообщение Buxorolik yigit xayriya pullarini o‘zlashtirgani uchun qo‘lga olindi появились сначала на Buxoroisharif.uz.
Сообщает buxoroisharif.uz
Опубликовано: 21:23, 25.02.2026
Новость из рубрики: Авто
Поделиться новостью:
21:25, 25 Фев Qo‘qonda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi: vaziyat nazoratga olindi (video) Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida ko‘p kvartirali uylardan birida yong‘in yuz berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 25-fevral kuni kunning...
21:26, 25 Фев Gruziya migrantlar uchun qoidalarni kuchaytirdi 2025-yilda Gruziya taxminan 1300 nafar chet ellikni deportatsiya qildi. Ular orasida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan migrantlar ham bor. Deport...
20:48, 25 Фев BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN «NEFTCHI» JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI Seminarda tajribali mutaxassislar Sulton Zaylobiddinov, Shohruh Aʼzamov va Olimjon To‘ychiboyevlar yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin j...