Noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi

Ayrim hollarda yer qonunchiligi talablariga rioya etmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz yoki samarasiz foydalanish, shuningdek, noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirish holatlari kuzatilmoqda. Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan Baliqchi tumani, Chinobod massivi qishloq


xo‘jalik xaritasining 4956-konturidagi 40 kv.m yer maydonida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qurilmalarni javobgar B.L. hisobidan buzdirilishi belgilangan. Majburiy ijro byurosi Baliqchi tuman bo‘limi tomonidan qarzdorga ixtiyoriy muddat berilganiga qaramasdan, sud qarorida ko‘rsatilgan talablar bajarilmaganligi sababli qishloq xo‘jaligi yer maydonida noqonuniy ravishda barpo etilgan qurilmani buzib tashlash va yer maydonini


dastlabki holatiga keltirish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi. Ijro harakatlari davomida tegishli tashkilotlar va mutaxassislar jalb qilindi hamda noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi. Natijada, qishloq xo‘jaligi yer maydoni noqonuniy qurilmalardan tozalandi va yer uchastkasining


maqsadli foydalanish tartibi tiklandi.


Noqonuniy qurilma maxsus texnika yordamida buzib tashlandi

Сообщает zamin.uz

 

Опубликовано: 21:25, 25.02.2026

 

Новость из рубрики: Авто

 

Поделиться новостью: Поделиться новостью в Facebook Поделиться новостью в Twittere Поделиться новостью в VK Поделиться новостью в Pinterest Поделиться новостью в Reddit

 
 

BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN NEFTCHI JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI 20:48, 25 Фев BUGUN YANGI MAVSUM OLDIDAN «NEFTCHI» JAMOASI UCHUN MAXSUS SEMINAR TASHKIL ETILDI Seminarda tajribali mutaxassislar Sulton Zaylobiddinov, Shohruh Aʼzamov va Olimjon To‘ychiboyevlar yangi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, o‘yin j...